MyPACS apparatlardan tasvirlarni o'zi qabul qilib saqlaydi. Shifokor esa istalgan kompyuterdan, brauzer orqali ko'radi. Disk, CD va flesh-xotira kerak emas.
Apparat tasvirni to'g'ridan-to'g'ri MyPACS serveriga yuboradi. Qo'lda ko'chirish yo'q.
MRT, KT, rentgen yoki UZI tasvirni tekshiruv tugashi bilan yuboradi.
Tasvirni qabul qiladi, bemor va apparat bo'yicha saqlaydi, takrorlarni o'zi tozalaydi.
Brauzerda login qiladi, bemorni topadi va tasvirni ko'radi.
Klinikaning kundalik ishi uchun kerak bo'lgan narsalar.
Kontrast va yorqinlik, kattalashtirish, surish, masofa va burchak o'lchash, inversiya, kesimlarni avtomatik varaqlash.
Apparatlar DICOM orqali yuboradi. Har tasvir qaysi apparatdan kelgani ro'yxatda ko'rinadi.
Tasvir qayta yuborilsa, ikki marta saqlanmaydi. Kesimlar soni to'g'ri qoladi.
Bemor ismi yoki ID, sana va tekshiruv turi bo'yicha tez topish.
Administrator va shifokorlar. Shifokorga faqat o'z apparati yoki bo'limi ko'rinishi mumkin.
Baza va tasvirlar har kecha nusxalanadi, eski nusxalar o'zi tozalanadi.
Maxsus server xonasi shart emas. Oddiy ofis kompyuteri ham mos keladi.
Dastur, baza va xavfsizlik devori sozlamalari o'rnatuvchi orqali o'zi sozlanadi.
Apparatga server manzili va port yoziladi, sinov tasviri yuboriladi.
Login beriladi, shifokor brauzerdan kirib tasvirni ko'radi.
Tizim klinikaning o'z kompyuterida ishlaydi. Tasvirlar tashqi bulutga yuborilmaydi.
Bitta MRT yoki KT apparati bor, tasvirlarni tartibga solmoqchi.
Bir nechta apparat, bir nechta shifokor, bitta umumiy arxiv.
Bo'limlar bo'yicha ajratilgan kirish va uzoq muddatli arxiv.
PACS (Picture Archiving and Communication System) tibbiy tasvirlarni apparatlardan qabul qilib, arxivlab, shifokorga ko'rsatadigan tizim. Rus tilida: PACS-система, архив медицинских изображений.
DICOM MRT, KT, rentgen va UZI apparatlari tasvirlarni uzatish va saqlashda ishlatadigan xalqaro standart. DICOM server apparatdan tasvirni qabul qiladi.
DICOM standartini qo'llaydigan apparatlar bilan. Amaliyotda Esaote va Mindray UZI apparatlari bilan ulash sinab ko'rilmoqda.
Ishlayotgan tizimni sizga ko'rsatamiz va savollaringizga javob beramiz.